Koronavirus sabab qo‘shnilarimiz ham chempionat o‘yinlarini to‘xtatdi

  • 13.03.2020 14:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Qozog‘iston futbol federatsiyasi koronavirus pandemiyasi sabab mamlakat chempionatini muxlislarsiz o‘tkazishga qaror qildi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Bundan tashqari futzal, ayollar futboli, plyaj futboli, bolalar va o‘smirlar bo‘yicha mamlakat chempionati va kubogi bellashuvlari to‘xtatilgan.

Yuqoridagi qarorlar qachon o‘z kuchini yo‘qotishi haqida aniq xabarlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, bugun Qozog‘istonda koronavirusga chalingan ilk bemor qayd etildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!