Koronavirus mashhurlarni "yaxshi ko‘radi"

  • 04.01.2022 08:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ronaldo koronavirus yuqtirib oldi, deb xabar bermoqda “Kruzeyro” klubi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, futbol afsonasi topshirgan test musbat natija bergan. Shu bois, Ronaldo “Kruzeyro”ning yubileyiga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok eta olmaydi.

Ronaldu 2021 yilning dekabr oyida “Kruzeyro” aktsiyalarining 90 foizini 62,5 million evroga sotib olib, klub xo‘jayiniga aylangan edi.

O‘z davrida “Kruzeyro”, PSV, “Barselona”, “Inter”, “Reala”,  “Milan” va “Korintians” jamoalarida to‘p tepgan hujumchi butsalarini 2011 yilda mixga ilgan. U Braziliya terma jamoasi safida ikki karra jahon chempioni bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!