
Koronavirus Osiyoning yana bir mamlakatini futbolsiz qoldirdi
Singapur sog‘liqni saqlash vazirligi 25 martdan boshlab mamlakat xududida barcha sport tadbirlari to‘xtatilishini e’lon qildi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda, Singapurdagi karantin 30 aprelga qadar davom etadi. Agar mamlakatdagi epidemiologik vaziyat o‘nglanmasa, ushbu muddat yana cho‘zilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, 5 apreldan 26 aprelga qadar Singapur chempionatida 17 ta uchrashuv bo‘lib o‘tishi kerak edi.
Eslatib o‘tamiz, bugun shuningdek Myanma va Turkmanistonda ham futbol musobaqalari to‘xtatildi.
Fikrlar