Koronavirus Oston O‘runovning ham faoliyatiga ta’sir qildi

  • 13.03.2020 13:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 3
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rossiyaning “Ufa” klubi koronavirus sabab yangi futbolchilarining taqdimotini bekor qildi. Bu haqda klub rasmiy tvitteri xabar tarqatmoqda.

Rejaga ko‘ra jamoaning yangi xarid qilgan yangi ikki futbolchisi - yarim himoyachi Oston O‘runov hamda hujumchi Gamid Agalarov shahardagi katta savdo komplekslaridan birida mahalliy ishqibozlar bilan uchrashishi kerak edi. Afsuski, virus tarqalishi xavfi borligi sabab savdo kompleksi vakillari ushbu tadbirni bekor qilishgan.

Hozircha Boshqirdistonda koronavirus rasman qayd etilmagan. Lekin shunga qaramasdan profilaktika ishlari boshlab yuborilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
ALIXON
13/03/2020 18:01
Vvvoʻoʻoʻ
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
13/03/2020 14:58
Narmalni salloha chiqaringa. odam Qurqib ketdi.
SHAXBOZ Bekmurodov
13/03/2020 16:45
To‘g‘ri aytasiz bu sayt ham sarloha yozishda oqsiyabti bu birinchisi emas.