Kosta qishda "Atletiko"ni tark etishi mumkin. Unga Braziliya va Xitoydan takliflar bor

"Atletiko" hujumchisi Diego Kosta qishki transfer vaqtida jamoani tark etishi mumkin. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga etadi.

Ispaniyalik jurnalist Matteo Morettoning yozishicha, Kostaga Braziliya va Xitoy klublaridan bir nechta takliflar bor. "Matraschilar" Diego bilan xayrlashishga tayyor. 

Ma’lumot uchun, Kosta joriy mavsum La Ligada 7ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!