
Kosta yarim yil qamoqda o‘tirmaslik uchun yarim million evro jarima to‘lashi kerak
Ispaniya prokuraturasi "Atletiko" Madrid forvardi Diego Kostani jazolash bo‘yicha qaror qabul qildi.
ESPN nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, asli braziliyalik bo‘lgan Ispaniya terma jamoasi a’zosi soliqlardan bo‘yin tovlagani uchun 543 ming 208 evro miqdorida jarima to‘laydi. Aks holda, uni 6 oylik qamoq jazosi kutib turibdi.
31 yoshli Kosta bu mavsum “Atletiko” safida 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar