Koutin'yo rasmаn "Santos" futbolchisigа aylаndi

  • 14.09.2026 22:38
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Mashhur braziliyalik yarim himoyachi Filippe Koutinьo rasmаn "Santos" futbolchisiga aylandi. 34 yoshli futbolchi San-Paulu shtati klubi bilan 2026 yil oxirigacha mo‘ljallangan mehnat shartnomasini imzoladi. E’tiborli­si, tajribali xavbek yangi jamoasiga mutlaqo tekin ravishda o‘tdi — "Vasko da Gama" bilan shartnomasi tugaganidan so‘ng u erkin agent maqomiga ega edi.

Qiziği shundaki, "Santos" safida Koutinьo yana bir bor Braziliya terma jamoasidagi ko‘p yillik sherigi — hujumchi Neymar bilan bir jamoada o‘ynaydi. Neymar ham hozirda shu klub sharafini himoya qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Filippe Koutinьo Evropadagi eng yorqin davrini Angliyaning "Liverpul" va Ispaniyaning "Barselona" jamoalari tarkibida o‘tkazgan. Uzoq yillik faoliyati davomida mahoratli yarim himoyachi shuningdek Milaning "Inter", Myunxenning "Bavariya" va Birmingemning "Aston Villa" kabi yetakchi klublarda ham to‘p surishga ulgurgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!