Koutino Mersisaydga qaytishi mumkin

  • 22 dekabr, 2021, 23:21
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Everton" "Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutinoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda "Mundo Deportivo" nashri xabar bermoqda. 

Manbaning yozishicha, "irislar" braziliyalik futbolchini qishki transfer vaqtida xarid qilishga urinib ko‘radi. Kataloniyaliklar moliyaviy ahvolini yaxshilash uchun havbekni qo‘yib yuborishga qarshi emas.

Eslatib o‘tamiz, 29 yoshli Koutino joriy mavsum 12ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan. Uning jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!