
Koutino uchun APLning 3 ta grandi kurash boshladi
Mavsumni "Bavariya"da o‘tkazayotgan "Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutino yana APLga qaytishi mumkin.
Express nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 27 yoshli braziliyalik futbolchi uchun "Manchester Yunayted", "Tottenxem" va "Chelsi" klublari kurash boshlashgan. Biroq, Koutinoni ijaraga olgan "Bavariya"da mavsum yakunlangach uni 120 mln evroga to‘liq sotib olish imkoni bor.
Eslatib o‘tamiz, Koutino uchun APL begona emas. U 2013-2018 yillarda “Liverpul” sharafini himoya qilgan.
Ma’lumot uchun, Koutino bu mavsum “Bavariya” safida 22 ta o‘yinda maydonga tushdi va 7 ta gol hamda 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar