Koutinoda endi faqatgina bitta variant qoldi

  • 23.06.2019 08:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turinning "Yuventus" klubi "Barselona" vingeri Filippe Koutino uchun kurashdan chiqdi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatmoqda.

Endi shu tariqa 27 yoshli braziliyalik yulduz uchun da’vogarlar orasida faqatgina bitta klub – PSJ qoldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq kataloniyaliklar Frantsiya chempioniga Neymarning transferiga Koutinoni qo‘shib berishni taklif qilishayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Koutino o‘tgan mavsum “ko‘k-anor ranglilar” safida jami 54ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 11ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!