
Koutinoning taqdiri arablarga bog‘liq bo‘lib qoldi
O‘ziga jamoa qidirayotgan “Barselona” futbolchisi Koutino “Nyukasl”ga o‘tishga umid qilayotgan edi. Garchi bu futbolchiga APLning qator grandlari qiziqayotgan bo‘lsa ham, uning maoshini aksariyat klublar ko‘tara olmaydi.
“Nyukasl”ning yangi rahbariyati braziliyalik pleymeykerni olishga qiziqqan edi. Lekin Buyuk Britaniya parlamenti a’zolarining ayrimlari bu jamoaning arablarga sotilishiga qarshi chiqayotgani bois klubning transfer ishlari to‘xtab qoldi.
Shunday qilib, Koutinoning “Nyukasl”ga kelishi bu klubning yangi xo‘jayinlari qo‘liga o‘tishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib turibdi.
Fikrlar