
Kovachich "Chelsi"da qoladigan bo‘ldi
Yakunlangan mavsumni “Chelsi” klubida ijara asosida o‘tkazgan “Real” yarim himoyachisi Mateo Kovachich londonliklar safida to‘p surishda davom etadi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda “aristokratlar” xorvatiyalik futbolchining transferi masalasida “qirollik klubi” bilan kelishuvga erishishgan. Unga ko‘ra “Chelsi” Kovachich uchun “Real”ga bonuslar bilan birga 50 mln evro to‘laydi. Tez orada tomonlar kelishuvni imzolab, bu haqda rasman e’lon qilishadi.
Ma’lumot uchun, Kovachi o‘tgan mavsum “Chelsi” safida 51ta o‘yinda maydonga tushdi va 2ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar