“Koventri”ni Premyer-ligaga olib chiqqan Lэмпард klubdan ketishi mumkin
Frenk Lempard bosh murabbiy sifatida “Koventri” klubini 25 yillik tanaffusdan so‘ng APLga olib chiqdi, biroq uning aynan shu jamoada ishlashda davom etishi aniq emas.
Angliya matbuotida u yaqinda Liam Rosenyorni ishdan bo‘shatgan “Chelsi”ga yangi murabbiy bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lumotlar tarqalmoqda.
Lempardning “Chelsi” uchun qanday shaxs ekanini yana bir bor ta’kidlash ortiqcha bo‘lsa kerak.
U avval ham “Chelsi”ni boshqargan, ammo 2019-2021 yillardagi bu tajriba unchalik muvaffaqiyatli bo‘lmagan. Biroq o‘sha vaqtdan beri Lempard murabbiy sifatida ancha tajriba orttirdi.
“Koventri” rahbariyati esa murabbiyni jamoada saqlab qolish niyatini yashirayotgani yo‘q.
- Frenk bu yerda baxtli, unga shahar yoqadi. Albatta, qandaydir favqulodda kutilmagan taklif bo‘lishi mumkin. Lekin bu haqida izoh bera olmayman. U ajoyib murabbiy, - dedi “Koventri” prezidenti Dug King.
Fikrlar