Kriştianu Ronalduni o‘zi o‘ynayotgan "Ан-Наср"ni sotib oladigan bo‘ldi

  • 15.09.2026 22:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«An-Nasr» sharafini himoya qilayotgan portugalialik yulduz hujumchi Krishtianu Ronaldu ushbu klubni sotib olishni rejalashtirayotgan xalqaro investorlar konsorsiumi tarkibiga qo‘shildi, deb xabar bermoqda A Bola nashri.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ronaldu RedBird Capital investitsiya jamg‘armasi asoschisi va Italiyanning «Milan» klubi egasi Jerri Kardinale hamda Saudiya Arabistonining uch tadbirkori — Ibrohim Al-Muhaidib, Muhammad Al-Xurayjiy va Sharaf Al-Xariy bilan birlashgan.

Investorlar Saudiya Arabistoni Davlat investitsiya jamg‘armasiga (PIF) rasmiy taklif yo‘llashni rejalashtirmoqda. Hozirda ushbu jamg‘arma «An-Nasr» aksiyalarining 75 foiziga egalik qiladi.

Konsorsiumdagi besh ishtirokchining har biri bitimga kamida 92 million yevro sarmoya kiritishga tayyor. Muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlansa, Ronaldu o‘zi o‘ynab kelayotgan klubning hamsherigiga aylanadi. Konsorsium va PIF vakillari o‘rtasidagi uchrashuvlar yaqin kunlarda o‘tkazilishi kutilmoqda.

Metrópoles Esportes sahifasidagi nashrda ham shu ma’lumot tasdiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 2023 yil 1 yanvardan beri rasmiy Saudiyaning «An-Nasr» jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Shu vaqt mobaynida 41 yoshli portugalialik hujumchi klub safida barcha musobaqalarda jami 155 o‘yin o‘tkazib, 132 ta gol urdi va 23 ta golli uzatma berdi.

U «An-Nasr» tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi, bir mavsumda 35 ta gol urib, mamlakat chempionati uchun mutlaq rekord o‘rnatdi. Shuningdek, Saudiya Arabistoni 2025/2026 yildagi chempioni va Arab chempionlar kubogi sovrindori sifatida ham katta yutuqlarga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!