Krimets to‘p suradigan jamoa “Bayer” futbolchisini 22 mln evroga sotib olmoqchi

  • 10 iyul, 2017, 16:26
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Egor Krimets to‘p suradigan Xitoyning “Beyjing Guoan” klubi Germaniyaning “Bayer” jamoasi yarim himoyachisi Kevin Kamplni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bild nashri xabariga ko‘ra, xitoyliklar 26 yoshli futbolchi uchun 22 mln evro berishga tayyorlar.

Tecno

Biroq leverkuzenliklar uning uchun 30 mln evro so‘ramoqda. “Dorishunoslar” sport direktori Rudi Fyoller esa muzokaralarga tayyorligini bildirgan.

Sloveniyalik futbolchining nemis klubi bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilda nihoyasiga etadi. Ilgariroq, Kampl “Bayer”ni tark etayotganini ma’lum qilgan edi.

Ma’lumot uchun, “Beyjing Guoan”ni ayni vaqtda “Bayer”ning sobiq ustozi Rojer Shmidt boshqarmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!