Krishtianu Manchester Yunaytedga va menga xiyonat qildi
«Manchester Yunayted»ning sobiq bosh murabbiyi Erik ten Haag Krishtianu Ronaldu bilan hamkorlik haqida gapirib, portugaliyalik yulduzga nisbatan keskin fikrlar bildirdi.
Gollandiyalik mutaxassisning ta'kidlashicha, Ronaldu jamoaga ham, unga murabbiy sifatida ham kutilgan darajada yordam bermagan.
«U jamoani ham, meni ham qiyin ahvolda qoldirdi, chunki u rejalarimizda muhim o‘rin tutardi. Albatta, u futbol tarixi dagi eng buyuk o‘yinchilardan biri. Men unga katta hurmat bilan qarardim. Lekin o‘sha paytda murabbiy sifatida mantiqiy qaror qabul qilishim, jamoada o‘zini to‘liq bag‘ishlaydigan futbolchilarni qoldirishim kerak edi.
Unga nisbatan, go‘yo men undan doimiy ravishda yuqori pressing talab qilganim va shu bois u charchab qolgani haqidagi gaplar to‘g‘ri emas. U shunchaki kerakli nuqtaga yetib bora olmasdi. U na to‘p bilan, na to‘psiz yetarlicha harakat qilardi. Sababi bitta edi — u o‘zini kerakli darajada tayyorlamasdi», — dedi ten Haag.
Krishtianu Ronaldu 2023 yilda «Manchester Yunayted»ni tark etdi. Bungaча u shov-shuvli intervyu berib, Erik ten Haagni ham tanqid ostiga olgan edi. Shundan so‘ng «qizil iblislar» hujumchi bilan shartnomani bekor qilish qarorini qabul qildi. Ronaldu keyinchalik karerasini Saudiya Arabistonida davom ettirishni tanladi.

Fikrlar