Kriştianu Ronaldу 5 yildan keyin yana klub miqyosida rasmiy sovrin yutib oldi

  • 22.05.2026 00:57
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“An-Nasr” Saudiya Arabistoni chempionatining so‘nggi turida “Damak”ni 4:1 hisobida mag‘lub etib, mamlakat chempioniga aylandi.

Shu tariqa, Krishtianu Ronaldu “An-Nasr” safidagi ilk rasmiy sovrinini qo‘lga kiritdi. Avvalroq jamoa 2023 yilda Arab klublari chempionatida g‘olib bo‘lgan edi, ammo ushbu musobaqa rasmiy turnir sifatida qabul qilinmaydi.

Portugaliyalik yulduzning bundan avvalgi klub darajasidagi so‘nggi sovrini 2021 yilda “Yuventus” bilan yutilgan Italiya Kubogi bo‘lgan edi.

Ronaldu terma jamoa safida esa 2025 yilda Portugaliya bilan Millatlar ligasida g‘olib chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!