Krishtianu Ronaldu: "Birgalikda katta kuchmiz"
Portugaliyalik yulduz durangdan so‘ng, o‘z fikrii bildirdi
Krishtianu Ronaldu Portugaliya milliy terma jamoasining Millatlar ligasi doirasida Shotlandiya bilan qayd etgan durangiga qisqagina javob berdi.
"Biz birga davom etamiz", - degan so‘zlarni u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylashtirdi.
Hozirda Portugaliya Millatlar ligasi A ligasining 1-guruhida 10 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Kelasi oyda Roberto Martines shogirdlari Polsha(15-noyabr) va Xorvatiya(18-noyabr) milliy terma jamoalari bilan bahs olib boradi.


Izohlar (0)