Kriştianu Ronalduni faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin
Portugaliya terma jamoasi hamda "An-Nasr" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Evropaga qaytishi mumkin. Bu haqida "TheSun" nashri xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, 41 yoshli forvardga Italiya klubidan taklif bo‘lmoqda. Ayni vaqtda A Seriya turnir jadvalidа oltinchi pog‘onani egallab turgan "Komo" jamoasi Ronalduni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtiryapti.
Ma'lum bo‘lishicha, "Komo"ning egalari indoneziyalik milliarderlаr hisoblandi. Ularning umumiy boyligi 35 milliard funtdan oshishi aytilmoqda. Bunday moliyaviy imkoniyatlari Italiya klubiga Krishtianuga munosib taklif bilan chiqishga imkonni beradi.
Ma'lumot uchun, Ronaldu A Seriyada o‘ynash tajribasi ega. Hujumchi 2018 yildan 2021 yilgacha "Yuventus" sharafini himoya qilgan.
Fikrlar