"Kristal Pelas" Evropa ligasidan tushirib yuborilgan so‘ng "CAS"ga murojaat qildi
"Kristal Pelas" UEFA tomonidan qabul qilingan Evropa ligasidan chetlatish qarorini bekor qildirish niyatida. Avvalroq UEFA klubning mulkdorlik qoidalariga mos kelmasligini ma’lum qilgan va shu sababli klub Konferentsiyalar ligasiga yuborilgan, uning o‘rniga esa Evropa Ligasi yo‘llanmasi "Nottingem Forest"ga berilgan.
Gap shundaki, klubning sobiq investori Jon Tekstor jamoadagi ulushini sotgan, ammo bu jarayon belgilangan muddatdan keyin amalga oshgan. Londonliklar bu qarorni nohaq deb hisoblab, Sport arbitraj sudiga (CAS) apellyatsiya berdi.
Klub muxlislari ham harakatga o‘tdi – ular UEFAning qarorgohiga borib, norozilik aktsiyasi o‘tkazishdi. "The Independent" nashriga ko‘ra, aktsiya doirasida UEFAga coxta pullar to‘la chemodan ham topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, "Kristal Pelas" Angliya kubogidagi g‘alabasi tufayli Evropa ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.
Fikrlar