"Kristal Pэlas" tarixda ilk bor yevrokubok yutdi — Konferensiyalar ligasi sovrindori
Londonning "Kristal Pэlas" klubi oʻz tarixida birinchi marta evrokubokni qoʻlga kiritdi. Jamoa Konferensiyalar ligasi finalida gʻalaba qozonib, tarixiy natija qayd etdi.
Leyptsigda boʻlib oʻtgan finalda londonliklar Ispaniyaning "Rayo Valyekano" jamoasini minimal hisobda — 1:0 hisobida magʻlub etdi. Shu tariqa "Pэlas" ilk evrokubok mavsumidayoq chempionlikni nishonladi.
Bu sovrin klub tarixidagi uchinchi katta sovrin boʻldi. Shuningdek, barcha yutuqlar mavsum yakunida jamoani tark etuvchi bosh murabbiy Oliver Glasner qoʻl ostida qoʻlga kiritildi.
2025 yilda klub Angliya Kubogi va Angliya Superkubogini ham qoʻlga kiritgan edi.
- Yevropa - UEFA Konferensiyalar ligasi
- Final
Kristal palas
- Jean-Philippe Mateta 51'
Tugadi
1
:
0
28.05.2026 00:00

Fikrlar