“Kristal Pэlas”ga 3 ta sovrin olib kelgan murabbiy klubdan ketdi

  • 02.06.2026 16:43
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Avstriyalik mutaxassis Oliver Glasner Londonning "Kristal Pэlas" klubi bosh murabbiyi lavozimini rasmn tark etdi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.

Glasner 2024 yilning fevralidan beri "burgutlar"ni boshqargan. Uning qo‘l ostida jamoa 121 ta o‘yin o‘tkazib, 53 ta g‘alaba, 33 ta durang va 35 ta mag‘lubiyat qayd etgan.

Aytiish joizki, Glasner "Kristal Pэlas"ni Angliya kubogi va Superkubogida g‘alaba qozonishga olib keldi. Bundan tashqari, klub Konferensiyalar ligasi g‘olibiga aylandi. 51 yoshli avstriyalikcha "burgutlar" hech qachon sovrinlarni qo‘lga kiritmagan edi.

Tez orada Glasner "Milan"ning yangi bosh murabbiyi bo‘lishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!