Kristian Eriksen - "Volfsburg" futbolchisi
Daniyalik yarim himoyachi Kristian Eriksen Germaniyaning "Volfsburg" jamoasi a’zosi sifatida rasman tanishtirildi. Klub u bilan ikki yillik shartnoma imzoladi va futbolchining transferi erkin agent maqomida amalga oshirildi.
Eriksen so‘nggi uch yil mobaynida "Manchester Yunayted" safida to‘p tepgan, undan oldin esa Evropa chempionatidagi noxush hodisadan keyin "Brentford"da sog‘lig‘ini tiklagan edi. Shuningdek, Eriksenning faoliyatida "Ayaks", Londonning "Tottenxem" va Milanning "Inter" jamoalari ham bo‘lgan.
Kristian 15 yil davomida Daniya milliy terma jamoasida 144 ta o‘yin o‘tkazgan. "Volfsburg" Bundesliganing o‘tgan mavsumida 11-o‘rinni egallagan.
Fikrlar