Kristian Mbilli 60 yoshga kirganimda ham meni engolmaydi
Meksikaning mashhur bokschi Saul "Kanelo" Alvares ringga qaytish arafasida ishonchli bayonot berdi.
"Men boshqa darajadaman, Mbilli buni yaxshi tushunadi. To‘g‘ri, uning uslubi menga yoqadi, u kuchli yigit. Shu bois ikkimizning to‘qnashuv ajoyib o‘tadi, deb o‘ylayman.
Biroq yoshim 36 ga qarab ketayotganidan tashvishdamanmi?! Albatta, yo‘q, o‘zimni hozir ham juda yaxshi his qilyapman. Formam a’lo, jangga to‘liq tayyorman. Kristianni hatto nokaut qilishim mumkin. U 50 yoki 60 yoshga kirganimda ham meni yenga olmaydi. Meni mag‘lub etish uchun Mbiliga o‘ziga o‘xshagan o‘nta bokschi kerak", — deya Alvaresning so‘zlarini "The Ring" nashri keltiradi.
Eslatib o‘tamiz, 31 oktyabr kuni Ar-Riyad shahrida "Kanelo" super o‘rta vaznda WBC kamari uchun Kristian Mbilli bilan bahs olib boradi.

Fikrlar