Kristian Pulishich bu qishda boshqa maydonga tusha olmaydi

  • 13 yanvar, 2023, 07:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jurnalist Kristian Falkning aytishicha, futbolchi yana tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va kamida 60 kun o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘lgan. Biroq bu aniq emas, chunki hamma narsa amerikalik futbolchining tanasiga bog‘liq bo‘ladi.

Tecno

24 yoshli vinger APL doirasida "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinning 22-daqiqasida tizzasidan jarohat olib, majburan almashtirilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Qatardagi jahon chempionatidan so‘ng darhol "Nyukasl" futbol klubi "Chelsi"ga Kristian Pulishichni 35 million funt sterlingga sotib olish taklifini bildirgan, ammo "ko‘klar" uni sotishdan bosh tortgan edi.

Pulishich joriy mavsumda chempionatning 16 bahsida ishtirok etib, bittadan gol va golli uzatma amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!