Kroos Flikning intizomli harakatlarini yuqori baholadi

  • 12.06.2025 18:06
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

Toni Kroos "Barselona"dagi tartib qoidalari haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

- Flik davrida ayrim o‘yinchilar kechikkanlari uchun tarkibdan chiqarib tashlangan. Ularning falsafasi boshqacha. "Real"da bunga kulib qo‘yishardi. Biz ko‘pincha kim kech qolishini bilmasdik - o‘yinchimi yoki murabbiy.

Besh daqiqa kechikkani uchun kimnidir o‘ynatmaslik - bu boshqacha tafakkur. Bu shunchaki turlicha yondashuvlar, - dedi "Real"ning sobiq yarim himoyachisi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!