
Kroos Gyulerga bo‘lgan tanqidlarga keskin javob berdi
"Real Madrid" yarim himoyachisi Arda Gyuler Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati yarim finalida PSJga qarshi uchrashuvdan (0:4) so‘ng tanqidlarga uchragan edi. Unga sobiq jamoadoshi Toni Kroos javob qaytardi.
"Agar sizda chiziqlar orasida o‘ynay oladigan futbolchi bo‘lsa, ba’zi duellarda yutqazganiga ko‘z yumish mumkin. Eng muhimi — u o‘z vazifasini yaxshi anglaydi va jamoaning himoyaviy harakatlarida qatnashadi.
Alonso unga hozircha ko‘p o‘yin amaliyoti beryapti. Arda o‘tgan mavsumyoq taktik jihatdan tayyor edi, bugun esa jismoniy tomonlama ham bir pog‘ona yuqoriladi" – dedi Kroos "Einfach mal Luppen" podkastida.
Fikrlar