Kroos «Oltin to‘p»ga Kvaratsxeliya munosib bo‘lganini aytdi
Toni Kroosning fikricha, 2025/2026 yildgi «Oltin to‘p» mukofotiga eng munosib futbolchi Xvicha Kvaratsxeliya bo‘lgan.
«Real» va «Bavariya»ning sobiq futbolchisi Toni Kroos 2025/2026 yilgiy mavsum yakunlari bo‘yicha «Oltin to‘p»ni kimga bergan bo‘lishini aytdi. Nemis sobiq futbolchisining tanlovi «PSJ» vingeri Xvicha Kvaratsxeliya bo‘ldi.
«Butun mavsumni hisobga olsak, Xvicha juda zo‘r o‘ynadi. Men ovozimni unga bergan bo‘lardim. Menimcha, u «PSJ»ning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. Kvaratsxeliya ovoz berishda oltinchi o‘rinni egalladi. Jahon chempionatida ishtirok etgan futbolchilar undan yuqori o‘rinlarni egallashdi. Uning JCh o‘tkazilmaydigan yilda sovrin uchun kurashish imkoniyati yaxshi», — deya Kroosning so‘zlarini Sport1.de nashri keltirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bu yilgiy «Oltin to‘p» sovrini «Bavariya» hujumchisi Harri Keynga nasib etdi.

Izohlar (0)