
Kroos: “UEFA buni tushunishiga 3 oy kerak bo‘ldi”
Germaniya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos Evro-2024 chorak finalida Mark Kukurellaga to‘p tegib ketgan shov-shuvli lahza haqida kinoya bilan gapirdi. O‘shanda, hakam Entoni Teylor penalti belgilamagan edi.
Endilikda UEFA hakamlarga shunday vaziyatlarda 11 metrlik jarima zarbasini belgilash haqida qaror qabul qilishi haqida yangiliklar tarqaldi..
"UEFAdagilar bu penalti ekanligiga tushunishlari uchun uch oy kerak bo‘ldi, garchi hamma buni o‘sha erdayoq tushungan edi. Bu qaror meni tinchlantirdi. Agar men shu yo‘l bilan Evropa chempioni bo‘lganimda o‘zimni g‘olib deb hisoblamasdim”, - dedi sobiq futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Germaniya terma jamoasi Ispaniyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
Fikrlar