Krouford Madrimov haqida: "Undagi meni hayratga solgan narsa..."

  • 5 avgust, 2024, 13:30
  • Jahongir Inomjonov
  • 2
  • Boks
TIGGO 2 PRO

To‘rt vazn toifasida jahon chempioni, "pound-for-pound"  reytingi peshqadami amerikalik Terens Krouford xamyurtimiz Isroil Madrimov ustidan qozonilgan g‘alabani sharhlar ekan, jangdagi raqibini hayratda qoldirgan jihati haqida gapirdi.

-Biz uning professional boksda kam sonli janglarga ega bo‘lsa ham, jiddiy qarash kerakligini bilardik. Axir u havaskor boksda 300 ga yaqin jang o‘tkazgan. Vasiliy Lomachenkoga qarang. U ikkinchi professional jangida chempionlik uchun kurash olib bordi. Madrimovda meni hayratga solgan narsa, bu uning sabri edi. U ringda juda sabrli jang qildi, - dedi Krouford matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, Krouford va Madrimov o‘rtasidagi jang 4 avgust kuni Los-Anjelesda (AQSh) bo‘lib o‘tgan va bir ovozdan qabul qilingan qaror bilan (115-113, 115-113, 116-112) amerikalik g‘alabasi bilan yakunlangan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдухаликов Мухаммад
05/08/2024 15:30
Мадримов чемпион
ишбобоев жума
05/08/2024 14:07
Биз учун И. МАДРИМОВ чемпион.