Kubarsi «Barselona»ning yangi futbolchilari darajasini baholadi
Pau Kubarsi «Barselona»ning yozda kelgan yangi futbolchilari klub falsafasini tez anglab, juda yuqori darajada o‘ynayotganini ta’kidladi.
«Barselona» markaziy himoyachisi Pau Kubarsi yozgi transfer oynasida jamoaga qo‘shilgan yangi futbolchilar haqida fikr bildirdi.
«Menimcha, ularning barchasi juda yuqori darajani namoyish qilmoqda. Rostini aytsam, ular klub falsafasini shunchalik tez anglab olishini kutmagandim. Hammasi ish jarayoniga to‘liq sho‘ng‘ib ketgan, katta yutuqlarga erishishni juda istashyapti», — deya Kubarsining so‘zlarini keltiradi Barça Universal.
Eslatib o‘tamiz, yozgi transfer davrida «Barselona» asosiy jamoani quyidagi futbolchilar bilan to‘ldirdi: Joau Kanselu, Dominik Livakovich, Gabriél Jezus, Karim Adeyemi, Rodri Ernandes va Entoni Gordon.
Ispaniya chempionatida yetti turdan so‘ng klub turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va eng yaqin ta’qibchilaridan besh ochko oldinda bormoqda.

Izohlar (0)