Kuchli beshlik chempionatlaridan biri jamoalar sonini kamaytirmoqchi

  • 27 aprel, 2021, 22:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya Liga1 ishtirokchilari sonini kamaytirish muhokama qilinmoqda. Le Parisien nashri xabariga ko‘ra, bu masala Professional futbol ligasi direktorlar kengashining so‘nggi yig‘ilishida ko‘tarilgan.

Gap Liga 1 ishtirokchi jamoalari sonini 20 tadan 18 taga qisqarishi haqida ketmoqda. Direktorlar kengashining ayrim vakillari hatto jamoalar sonini birdaniga 16 taga tushirishni ma’qul, deb hisoblamoqda.

Liga 1 tarkibidagi jamoalar soni 2022/2023 yilgi mavsumdan qisqartirilishi mumkin. Manbaning ta’kidlashicha, ushbu kamayish televizion translyatsiya huquqi narxining pasayishi bilan bog‘liq.

Frantsiyaning amaldagi chempioni PSJ klubi hisoblanadi. Parijliklar joriy mavsum hozircha “Lill”dan keyin 2-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
27/04/2021 23:39
АГМК ни ўйинигача уҳлаб қолмаслик учун эрмак қилиб ўтирибмизда йозиб.
&
Турсун Ғани
27/04/2021 23:37
Менга Пушкин 1 жаҳону
Менга Байрин 1 жаҳон
Суперлигадек лигам бор
Бағрим осмон Ўзбегим.
&
Турсун Ғани
27/04/2021 23:34
Немисларда 18 та жамоа бундислига савяси яҳши, Франция ҳам Германя йўлидан кетмоқчи шекелли, Англя, Испаня ва Италяда 20 тадан қолгани маъқул. Франция фарқи йўқ Рассиядек 16та қилса ҳам майли.