
Kuchli beshlikda 6 ta o‘yindan beri gol o‘tkazmayotgan jamoa qaysi ekanligini bilasizmi?
"Milan" so‘nggi olti o‘yindan beri o‘z darvozasidan birorta ham gol o‘tkazmay kelmoqda.
Stefano Pioli shogirdlari A Seriya 32-turi doirasida safarda "Torino" bilan 0:0 hisobida durang natija qayd etdi. "Rossonerilar" so‘nggi 6 ta uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolmoqda, lekin bu vaqt mobaynida atigi 3 bora raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan.
So‘nggi marotaba "Milan" 25 fevral kuni bo‘lib o‘tgan "Udineze"ga qarshi bahsda o‘z darvozasidan to‘p olib chiqqan. Ushbu bellashuvda 1:1 hisobi qayd etilgandi.
Fikrlar