Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Kukurelya "Chelsi"ni tark etib, "Barselona"ga qaytmoqchi

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Londonliklar himoyachisi yoshlikdagi jamoasiga qaytmoqchi

"Chelsi" himoyachisi Mark Kukurelya yozgi transfer oynasida klubini oʻzgartirish niyatida.

"Mundo Deportivo" xabariga koʻra, 27 yoshli ispaniyalik futbolchi oʻzining ketish istagi haqida London klubi rahbariyatini xabardor qilgan.

Kukurelya uchun eng maqbul variant — "Barselona"ga qaytish hisoblanadi. Kataloniyaliklar ham futbolchiga qiziqish bildirmoqda, ammo transfer faqat Alehandro Balde jamoani tark etgan taqdirdagina amalga oshishi mumkin.

Shu bilan birga, Balde hozircha klubdan ketishga shoshilayotgani yoʻq.

Manba maʼlumotiga koʻra, "aristokratlar" Kukurelya transferidan 40–50 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda.

Ispaniyalik futbolchi faoliyatini aynan "Barselona" akademiyasida boshlagan, biroq asosiy jamoada mustahkam oʻrin egallay olmagan. U 2022 yildan buyon "Chelsi" sharafini himoya qilib kelmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q