Kukurelya Enco Fernandesni ham "Real"da ko‘rishni istamoqda

  • 25.06.2026 04:54
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yaqinda "Chelsi"dan "Real"ga o‘tgan Mark Kukurelya sobiq jamoadoshi Enco Fernandez haqida fikr bildirdi.

Ispaniyalik himoyachining aytishicha, argentinalik yarim himoyachi uni transferi bilan tabriklagan.

"Enco Fernandez meni “Real”ga o‘tganim bilan tabrikladi. Unga ham omad tilayman va u ham “Real”ga o‘tadi deb umid qilaman", — dedi Kukurelya.

Avvalroq madridliklar 25 yoshli yarim himoyachi transferi bo‘yicha ish olib borayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Enco Fernandezni jamoa safida ko‘rishni bosh murabbiy Joze Mourin’yu istamoqda. Portugaliyalik mutaxassis yaqinda faoliyatida ikkinchi bor "Real" boshqaruvini qabul qilib olgan.

Bir­oq argentinalik futbolchini qo‘lga kiritish oson bo‘lmaydi. Enco Fernandez "Chelsi"ning asosiy futbolchilaridan biri hisoblanadi va uning transferi katta mablag‘ talab qilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!