Kulibali: "2016 yilda ham "Chelsi"dan taklif bo‘lgandi. Biroq..."
"Napoli"dan "Chelsi" safiga borib qo‘shilgan Kalidu Kulibali yangi jamoasi va bu erdagi muxlislar haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Men "Chelsi"da ekanimdan xursandman. Butun dunyodagi eng katta klublardan birida to‘p tepishni orzu qilganman. Ayniqsa, APLda o‘ynashimni his qilsam, meni yanada hayajon bosmoqda.
Birinchi marta "aristokratlar" meni 2016 yilda o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgandi. Biroq taklif oxirigacha o‘z kuchida qolmadi.
Bu safar ular menga London jamoasidan qiziqish borligini aytishganida, men rozi bo‘ldim. Jorjino va Mendining borligi ham meni bu klubga o‘tishimga sabab bo‘ldi.
Muxlislarga rahmat aytmoqchiman. Ular meni yaxshi kutib oldi. Umid qilamanki, mavsum juda zo‘r yakunlanadi. Biz muxlislarimizga quvonchli lahzalarni hadya etishga harakat qilamiz", - dedi senegallik futbolchi.
Fikrlar