
Kun voqeligi: Bugun boks bo‘yicha Osiyo chempionatining final janglari bo‘lib o‘tadi
Bugun Tailand poytaxtida boks bo‘yicha Osiyo chepionati o‘z yakuniga etadi. Mazkur musobaqaning yakunlovchi kunida 5 nafar charm qo‘lqop ustalirimiz oltin medal uchun jang qilishadi. Finalda 2 hamyurtimiz hindistonlik bokschilarga qarshi ringga ko‘tariladi. Shuningdek, oltin medal uchun kechadigan raqobatda Yaponiya, J.Koreya va Qozog‘iston terma jamoalarini ham uchratishimiz mumkin. Final janglari Toshkent vaqti bilan 11:00dan so‘ng start oladi. Batafsil:
-49 kg: Nodirjon Mirzahmedov - Dipak (Hindiston)
-56 kg: Mirazizbek Mirzahalilov - Kavinder Singx (Hindiston)
-69 kg: Bobo-Usmon Baturov - Sevonrets Okazava (Yaponiya)
-91 kg: Sanjar Tursunov - Xyung Kyu Kim (J.Koreya)
+91 kg: Bahodir Jalolov - Kamshibek Konkabaev (Qozog‘iston)
Fikrlar