Кунде: "Pedri — mening sevimli futbolchim"
"Barselona" himoyachisi Jyul' Kundejamoadoshi Pedrining iqtidorini e'tirof etdi.
"Pedri — mening sevimli futbolchim. U shunchaki ajoyib. Rostini aytsam, u shunday futbolchilardan biri, ular boshqa darajada o'ynaydi. Hatto u mashg'ulotlarda va boshqa vaziyatlarda qilayotgan ishlari ham… Bu aslida uning tug'ma texnikasi. U o'ngga ham, chapga ham burila oladi, ham o'ng, ham chap oyoqda bir xil o'ynaydi, uning o'yinni ko'rishi hayratlanarli, u juda ko'p narsaga qodir.
Yana bir jihat borki, menimcha, unga yetarlicha e'tibor berilmaydi — bu uning himoyadagi ishi. Pedri doimiy harakatda bo'lgan futbolchi… Himoyada ham u to'pni tortib oladi. O'tgan yili u Evropada to'pni eng ko'p olib qo'ygan futbolchilardan biri edi.
Bir o'yin davomida u taxminan 12 kilometr masofa bosib o'tadi. Shu bilan birga u to'pni tortib olishi, jamoani oldinga olib chiqishi, paslar berishi va raqib himoyasini yorib o'tishi kerak bo'ladi. Pedri — shunchaki mukammal futbolchi, — dedi Kunde.
Fikrlar