Kurashchilarimiz delegatsiyamiz hisobiga yana 3 ta medalni qo‘shib qo‘ydi
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida VI Islom birdamligi o‘yinlari davom etmoqda.
Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, -57 kg vazn toifasidagi polvonimiz G‘ulomjon Abdullaev uchinchi o‘rin uchun bahsda gvineyalik raqibidan ustun keldi.
Shuningdek, ayollar kurashi bahslarida ham navbatdagi medal qo‘lga kiritildi. -62 kg vazn toifasida ishtirok etgan Nigina Sobirova uchinchi o‘rin uchun bahsda falastinlik sportchini engib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Yana bir mahoratli kurashchimiz Svetlana Oqnazarova -68 kg vazn toifasining finalida Qirg‘iz Respublikasi vakili, ikki karra Olimpiada sovrindori Meerim Jumanazarovaga imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan cheklandi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi xabar bermoqda.
Fikrlar