Kurtua bu yil «Oltin to‘p»ni kim olishi kerakligini aytdi

  • 01.10.2026 13:41
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Real» (Madrid) darvozaboni, belgilaylik Tibo Kurtua jurnalistlar bilan suhbatda joriy yilda «Oltin toʻp» sovrini kimga berilishi kerak, degan shaxsiy fikrini bayon qildi.

Kurtua Onda Cero radiostantsiyasiga bergan intervyusida aytishicha, uning nazarda, bu yilgi eng nufuzli individual mukofotga jamoadoshi Kilian Mbappe loyiq.

 

 Darvozabonning taʼkidlashicha, Frantsiya terma jamoasi aʼzolari Mbappening tezlikda raqiblarini ortda qoldirish mahoratidan doim hayratda qolishadi.

«Kilianing gollari ham juda koʻp. Menimcha, «Oltin toʻp» eng koʻp sovrin yutib olgan futbolchiga emas, balki haqiqatan ham eng yaxshi oʻyinchiga berilishi kerak», — deya qoʻshimcha qildi Kurtua.

 

Maʼlumki, Kilian Mbappe bu yilgi «Oltin toʻp» uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida koʻrilmoqda. Mutaxassislar frantsiyalik hujumchi bilan bir qatorda Garri Keyn, Lamina Yamal va Rodri Ernandes nomlarini ham bosh daʼvogarlar sifatida tilga olmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!