Kurtua eng kuchli 3 nafar darvozabon nomini aytdi

  • 20.11.2025 14:22
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

"Real Madrid" darvozaboni va Belgiya terma jamoasi a’zosi Tibo Kurtua o‘zini dunyoning etakchi darvozabonlaridan biri deb hisoblashini aytib, shu bilan birga dunyoning eng kuchli uch nafar golkiperlar reytingini ham tuzdi. 

"Shubhasiz, men eng yaxshilardanman, lekin bu har kimning shaxsiy fikriga bog‘liq. Eng asosiysi — klubingga yordam berish. Qolganlar nima deyishi butunlay boshqa masala.

Eng yaxshi uch darvozabon kim? Men o‘zimni bu ro‘yxatga kiritmayman. Hozirda Oblak juda yuqori darajada. Alisson menga juda yoqadi, garchi u jarohat olgan bo‘lsa-da. Shuningdek, David Rayya​ ham ajoyib o‘yinlar ko‘rsatmoqda", — dedi Kurtua COPE nashriga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!