Kurtua "Pachuka"ga qarshi bellashuvda qahramonlik ko‘rsatdi (10 seyv)

  • 23.06.2025 12:17
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 2-turidan o‘rin olgan "Real Madrid" – "Pachuka" (3:1) uchrashuvida Tibo Kurtua so‘nggi vaqtdagi eng mustahkam o‘yinlaridan birini namoyish etdi.

Jamoa 7-daqiqadayoq Raul Asensioning maydondan chetlatilishi tufayli bir kishi kam bo‘lib o‘ynadi. Shu sharoitda raqib "Real" darvozasiga 25 ta zarba yo‘lladi — bu KO‘ChMdagi to‘rtinchi eng yuqori ko‘rsatkich:

32 ta zarba — "Benfika" vs "Oklend Siti" (6:0)

31 ta — "Bavariya" vs "Oklend Siti" (10:0)

26 ta — "Inter" vs "Urava Red Daymonds" (2:1)

25 ta — "Pachuka" vs "Real" (1:3)

Bu zarbalardan 11 tasi darvoza tomon yo‘l olgan bo‘lsa, Kurtua ularning 10 tasini seyv bilan bartaraf etdi. Bu joriy chempionatdagi eng yaxshi natija — bu borada u "Oklend Siti" posboni Neytan Garrou bilan tenglashdi (u "Benfika"ga qarshi 10 seyv qayd etgan edi).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!