Kutilmagan burilish: “An-Nasr” Ronalduni sotadigan bo‘ldi. Birinchi xaridor aniq

  • 12.02.2026 17:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi rahbariyati mamlakat Professional ligasining eng mashhur yulduzi Krishtianu Ronaldu bilan xayrlashishga tayyor.

Klub mutasaddilari jahon futbolida eng ko‘p gol urgan futbolchini Angliya Premer-ligasi klublariga 40 million funt sterlingga taklif qildi.

TopSkills nashri xabariga ko‘ra,  Angliya klublaridan uchtasi bu taklifga darhol rad javobini bergan.

Shunga qaramay, “An-Nasr” rahbariyati futbolchi uchun yangi klub izlashda davom etmoqda.  Ronaldu transfer qilish g‘oyasiga Lissabonning “Sporting” klubi jiddiy qiziqish bildirgani aytilmoqda. Aynan shu jamoada Ronaldu professional faoliyatini boshlagan edi.

Ronaldu 2022 yilning 30 dekabrida erkin agent maqomida “An-Nasr” bilan rasmiy hamkorlikni boshlagan edi. 2025 yil iyunida shartnoma 2027 yil yarmigacha uzaytirildi.

Ochiqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi sport tarixidagi eng yuqori maoshni oladi. Uning daromadi shartnoma davomida, tijorat bonuslari bilan birga 400 million AQSh dollaridan oshadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!