Kutilmagan nomzod! La Liga rahbari “Oltin to‘p”ni kim berishni aytdi
La Liga prezidenti Xavyer Tebas “Barselona”ning ispaniyalik yarim himoyachisi Rodri 2026 yildgi “Oltin toʻp” mukofotini qoʻlga kiritishi kerakligini aytdi.
- “Oltin toʻp”ni kim qoʻlga kiritishi kerak?
- Rodri. Bu qiyin masala, ammo uning jahon chempionatidagi oʻyinini hisobga olsak, u bunga loyiq.
- “Barsa” Lamin Yamalga ishonch bildirmoqda.
- Buni “Barselona”dan soʻrash kerak. Har kimning oʻz fikri bor, men esa Rodrini tanlayman, - deya La Liga prezidentining soʻzlarini keltirdi AS nashri.
Eslatib oʻtamiz, Rodri 2024 yilda ham “Oltin toʻp”ni qoʻlga kiritgan.
Bu yildgi “Oltin toʻp”ni topshirish marosimi 2026 yil 26 oktyabr kuni Londonda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Mukofotning amaldagi sohibi PSJ va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Usmon Dembele hisoblanadi.

Fikrlar