Kvaratsxeliya PSJni tark etishni istamayapti

  • 27.03.2026 14:58
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Xvicha Kvaratsxeliya yaqin orada PSJdan ketishni rejalashtirmayapti.

"Tribal Football" ma'lumotiga ko‘ra, gruziyalik vinger Parij klubidagi holatidan to‘liq qoniqqan va yozgi transfer oynasida jamoani tark etish niyati yo‘q.

Avvalroq futbolchiga "Arsenal" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar chiqqan edi. Biroq Kvaratsxeliyaning pozitsiyasi sabab bu transfer amalga oshishi ehtimoli juda past baholanmoqda.

Ma'lumot uchun, 25 yoshli futbolchining PSJ bilan shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Uning bozor qiymati taxminan 90 million yevro deb baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!