La Liga. 20-turda qayd etilgan natijalar va turnir jadvalidagi holat bilan tanishing
La Liganing 20-tur uchrashuvlari o‘z nihoyasiga yetdi. Mazkur turning eng muhim bahslarida qayd etilgan natijalar bilan tanishib chiqing.
"Real Madrid" 2:0 "Levante"
Uchrashuvning eng asosiy voqeasi “Real” muxlislarining noroziligi bo‘ldi. Ular nafaqat Peresga, balki futbolchilarga ham e’tiroz bildirishdi. Shunga qaramay, jamoa yangi bosh murabbiyining tug‘ilgan kunida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Fede Valverde madridliklar safida o‘zining 350-o‘yinini o‘tkazdi.
"Atletiko" 1:0 "Alaves"
“Atletiko” qiyin g‘alabani qo‘lga kiritib, turnir jadvalidagi kuchli to‘rtlikdagi o‘rnini mustahkamladi. Shuningdek, Antuan Grizmann La Ligadagi 550-o‘yinini o‘tkazdi.
"Real Sosyedad" 2:1 "Barselona"
Mezbonlar darvozaboni Aleks Remiro “Barselona”ning 11 o‘yindan iborat g‘alabali seriyasi to‘xtashiga katta hissa qo‘shdi.
Ta’kidlash joizki, bu bahsda ham “Barsa” uch ochkoni qo‘lga kiritishi mumkin edi. Biroq ofsaydlar, darvozabonning seyvlar va maydondagi boshqa holatlar bunga imkon bermadi.
Shu tariqa, “Real Sosyedad” mag‘lubiyatsiz seriyasini 6 o‘yinga yetkazib, turnir jadvalidagi 8-o‘ringa ko‘tarildi.
Turning eng yaxshi jamoalari: “Real Sosyedad” va “Malyorka”
Turning eng yaxshi futbolchilari: Aleks Remiro (“Real Sosyedad”), Leo Roman va Vedat Muriki (“Malyorka”)
Ma’lumot uchun, ayni paytda turnir jadvalidagi “Barselona” 49 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Ularning azaliy raqibi “Real Madrid” esa 48 ochko bilan ikkinchi pog‘onani egallab turibdi.
Quyida 20-turda qayd etilgan barcha natijalar va turnir jadvalidagi holat bilan tanishishingiz mumkin.
Fikrlar