La Liga. Antonining yagona goli evaziga "Betis" "Atletiko"ni mag‘lub etdi

  • 09.02.2026 00:37
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

La Liganing 23-turidan o‘rin olgan uchrashuvda "Atletiko Madrid" o‘z uyida "Real Betis"ni qabul qildi. Bellashuv mehmonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvdagi yagona gol 28-daqiqada braziliyalik futbolchi Antoni tomonidan kiritildi. Diego Simeone shogirdlari qolgan vaqt davomida hisobni tenglashtira olishmadi.

Shu tariqa, "Betis" ochkolari sonini 38 taga yetkazib, turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda. "Matraschilar" esa 45 ochko bilan 3-o‘rinni egalab turibdi.

  • Ispaniya - La Liga
  • Joriy Mavsum
7980.png

Atletiko Madrid

Tugadi
0 : 1

08.02.2026 22:30

485.png

Real Betis

  • Antony 28'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!