La Liga. "Barselona" "Atletik"ni mag‘lub etdi va 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi

  • 01.02.2021 06:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya La Ligasining 21-turida “Barselona” o‘z maydonida “Atletik”ni qabul qildi.

“Kamp Nou”dagi o‘yin 2:1 hisobida maydon egalarining g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni “Barsa”ga g‘alaba keltirgan gollarga Lionel Messi (20') va Antuan Grizmann (74') mualliflik qildi. Bilbaoliklar hisobiga yozilgan golni esa Jordi Alba (49' avtogol) o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng "Barselona" o‘z ochkolari sonini 40 taga etkazib oldi va musobaqa jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!