Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

La Liga. "Barselona" Kataloniya derbisida g'alaba qozonib, peshqadamlikni mustahkamladi

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

Uchrashuv yakunlandi.

La Liganing 31-turida Kataloniya derbisi bo‘lib o‘tdi.

Unda "Barselona" oʻz uyida "Espanyol"ni qabul qilib, 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Dastlab, 9-daqiqadayoq Ferran Torres hisobni ochgan boʻlsa, aynan uning oʻzi 25-daqiqada oradagi farqni ikkita oshirdi. Mehmonlar futbolchisi Losano 56-daqiqada hisobni qisqartirishga muvaffaq boʻldi. Asosiy vaqt yakunlanish arafasida esa Lamin Yamal va Reşford oʻz nomini tabloda yozdirib, hisobni yiriklashtirdi — 4:1.

Shu tariqa, Xansi Flik shogirdlarining ochkolari soni 79 taga yetdi va ular ikkinchi oʻrindagi "Real Madrid"dan 9 ochkoga ilgari lab ketdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q