
La Liga. "Barselona" kutilmaganda safarda ochko yo‘qotdi
La Liganing 7-turida "Barselona" "Malorka" mehmoni bo‘lib, 2:2 hisobida durangga imzo chekdi.
Dastlab, Muriki 8-daqiqada hisobni ochdi. 41-daqiqada esa Rafinya imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. Oradan ko‘p o‘tmay mezbonlar yana oldinga chiqib oldi. 75-daqiqada Fermin jamoasini qutqaruvchi golni urdi.
Shu tariqa, "Barsa" turnir jadvalida 17 ochko bilan birinchi o‘rinda qoldi.
Fikrlar